SEMURG INSURANCE O‘zbekistonda 24,5 mln so‘m jarimaga tortildi
SEMURG INSURANCE O‘zbekistonda 24,5 mln so‘m jarimaga tortildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va “Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 3512, 2024 yil 10 may) ilovasining 1-bo‘lim 1-pozitsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “SEMURG INSURANCE” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan 24,5 mln. so‘m miqdorida jarima solindi.
SEMURG INSURANCE AJ 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha yilning o‘zida 17 turdagi ixtiyoriy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan.
Qo‘llanilgan jarima qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash va sug‘urta kompaniyasi faoliyati shaffofligini oshirishga qaratilgan.