Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
SEGA O‘zbekistonda o‘yinlar industriyasi bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyaga amalga oshirilgan tashrifi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov SEGA SAMMY Holdings Inc. prezidenti va bosh ijrochi direktori (Group CEO) Haruki Satomi hamda SEGA Corp. ijrochi vitse-prezidenti, ijrochi direktori Takaya Segava bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida o‘yinlar industriyasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar hamda kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.