Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 12/06/2025 SEG TASCO Toshkentdagi ishtirokini kengaytirmoqda: uchinchi franchayzing AYOQSH ochildi

 SEG TASCO Toshkentdagi ishtirokini kengaytirmoqda: uchinchi franchayzing AYOQSH ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda franchayzing dasturi doirasida ochilgan yangi "SEG TASCO" yoqilg‘i quyish shoxobchasi ish boshladi.

Bu ,brendning franshiza modeli bo‘yicha ishlaydigan uchinchi obyekti bo‘lib, bir vaqtning o‘zida P Oil Group kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan birinchi loyiha hisoblanadi. Stansiya Sergeli tumanida joylashgan bo‘lib, avtomobil haydovchilari uchun to‘liq zamonaviy xizmatlarni taklif etadi.

Yangi AYoQShda barcha ommabop yoqilg‘i turlari: AI-80, AI-92, AI-95 va AI-98 taqdim etilgan.

"Saneg sho‘ba korxonasi SEG TASCO uchun Toshkentda uchinchi franshiza yoqilg‘i quyish shoxobchasining ishga tushirilishi chakana savdo tarmog‘ini rivojlantirish yo‘lidagi izchil qadamdir. Ishonchli hamkorlar bilan birgalikda biz asosiy mintaqalardagi ishtirokimizni kengaytirishda davom etmoqdamiz. Bugungi kunda kompaniya Saneg brendi ostida 18 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi va 13 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasini boshqarib, sifatli yoqilg‘i va zamonaviy xizmatni aholiga taqdim etmoqda", – deya ta’kidladi SEG Tasco/Saneg AYoQSH va AGTKS departamenti boshlig‘i Shohjahon Ahmedov.

Birinchi "SEG Tasco" franshiza AYoQSH Mirobod tumanida, (https://yandex.uz/maps/-/CHS2vNZu) ikkinchisi Olmazor tumanida (https://yandex.uz/maps/-/CHS2vXoj) ochilgan. Poytaxtning Sergeli tumanidagi (https://yandex.uz/maps/-/CHS2z8NO) yangi obyekt tarmoqni kengaytirish va chakana savdo infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadamga aylandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling