Valyuta kurslari 04/02/2026
$1 – 12258.38
UZS – 0,13%
€1 – 14455.08
UZS – -0,47%
₽1 – 159.49
UZS – -0,26%
Qidirish
Schneider Electric O'zbekiston elektrotexnika sanoatining salohiyatini o'rganmoqda

Schneider Electric O'zbekiston elektrotexnika sanoatining salohiyatini o'rganmoqda

Schneider Electric O'zbekiston elektrotexnika sanoatining salohiyatini o'rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zeltexsanoat" uyushmasiga Fransiyaning yetakchi elektrotexnika kompaniyalaridan biri — "Schneider Electric" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Edgar Bau Shaxin tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida uyushma raisi Mirziyod Yunusov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mahalliy korxonalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining mavjud salohiyati, eksport imkoniyatlari, sanoatni raqamlashtirish, energiya samaradorligi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.

Schneider Electric — Fransiyada tashkil topgan, elektr energiyasini boshqarish va sanoat avtomatlashtirish yechimlari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, 100 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Kompaniya energiya samaradorligi, raqamlashtirish, “aqlli” elektr tarmoqlari, sanoat avtomatikasi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlariga ixtisoslashgan hamda sanoat, infratuzilma, bino va ma’lumotlar markazlari uchun kompleks texnologik yechimlar taklif etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling