Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
SAZ LE-60 avtobusi tutun tufayli 26-yo'nalishdan vaqtincha olib tashlandi

SAZ LE-60 avtobusi tutun tufayli 26-yo'nalishdan vaqtincha olib tashlandi

SAZ LE-60 avtobusi tutun tufayli 26-yo'nalishdan vaqtincha olib tashlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi 26-yo'nalishda SAZ LE-60 rusumli (davlat raqami 01|647 BKA, saroy raqami 162) avtobus harakatlanayotganda qora tutun chiqayotgani bilan bog'liq hodisa yuz berdi.

Hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi va keng muhokamalarga sabab bo'ldi.

27-noyabr kuni ushbu avtobus yo‘nalishda tasarruf etilmagan holatda ta'mirlash uchun yuborildi. Ta’mirlash vaqtida avtobusning dvigatel hamda turbonaduv qismi ko’zdan kechirilib, EGR hamda EGR klapanlarida tozalash ishlari amalga oshirildi.

"Toshshahartransxizmat" AJ nosozlik to'liq bartaraf etilganini va avtobus 26-yo'nalishda yana xizmat ko'rsatayotganini ma'lum qildi.

Kompaniya haydovchilarni yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilishga va transport vositalarining texnik holatini muntazam ravishda kuzatib borishga chaqirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling