Valyuta kurslari 28/08/2025
$1 – 12412.98
UZS – 0,47%
€1 – 14386.64
UZS – 0,01%
₽1 – 154.28
UZS – 0,23%
Qidirish
Iqtisod 28/08/2025 Savdo vazirligida Airbus va ATR kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Savdo vazirligida Airbus va ATR kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27-avgust kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir oʻrinbosari v.b. Akram Aliyev Fransiyaning yetakchi aviatsiya kompaniyalari – Airbus va ATR vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda Airbus kompaniyasining savdo boʻyicha vitse-prezidenti Jak Garrig hamda ATR kompaniyasining savdo boʻyicha vitse-prezidenti Jerom Gabori ishtirok etdi.

1981-yilda Airbus va Italiya kompaniyasi Leonardo bilan qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan ATR bugungi kunda turbovintli mintaqaviy samolyotlar ishlab chiqarishda jahon yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya faoliyati davomida 100 ta mamlakatdagi 200 dan ortiq aviakompaniyaga 1 700 dan ziyod samolyot yetkazib berdi.

Tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, jumladan, Oʻzbekiston aviatsiya parkining modernizatsiyasi va yangilanishi masalalarini muhokama qildilar. Bu esa transport imkoniyatlarini kengaytirish hamda turizm oʻsishini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, hududlararo havo qatnovlarini rivojlantirish, ATR samolyotlarini yetkazib berish, texnik xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil etish imkoniyatlari hamda xalqaro standartlarga muvofiq aviatsiya xodimlarini tayyorlash dasturlari koʻrib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling