Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Iqtisod 17/02/2025 Saudiya Arabistonida Rivojlanayotgan mamlakatlar muloqoti konferensiyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Saudiya Arabistonida Rivojlanayotgan mamlakatlar muloqoti konferensiyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov joriy yilning 16-fevral kuni Saudiya Arabistonining Al-Ula shahrida boʻlib oʻtayotgan Rivojlanayotgan mamlakatlar muloqoti konferensiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu nufuzli tadbir Saudiya Arabistoni Moliya vazirligi hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda yetakchi rivojlanayotgan davlatlarning Moliya vazirlari, Markaziy bank rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar qatnashmoqda.

Konferensiyaning rasmiy ochilish marosimi Saudiya Arabistoni Moliya vaziri Muhammad Aljadan hamda XVJ bosh direktori Kristalina Georgiyevaning kirish soʻzlari bilan boshlandi. Tadbirning asosiy mavzusi “Barqaror oʻsish: Oʻzgaruvchan dunyoda chidamlilikni shakllantirish” boʻlib, unda global iqtisodiy tendensiyalar va rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotlari duch kelayotgan asosiy muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar uchun xalqaro moliya institutlari bilan yaqin hamkorlik qilish, davlat qarzini samarali boshqarish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash kabi masalalarning dolzarbligini ta’kidlanib, bunday konferensiyalar mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma ekani aytib o‘tildi.

Ochilish marosimidan soʻng tadbir global iqtisodiy oʻzgarishlar va ularning rivojlanayotgan davlatlarga ta’siri, moliya siyosati va investitsiyalar, davlat qarzi barqarorligi kabi dolzarb masalalarga bagʻishlangan sessiyalar bilan davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling