Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Saudiya Arabistonida bo‘lgan o‘zbekistonlik sayyohlar soni qariyb 50 foizga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar–avgust oylarida Saudiya Arabistoniga turizm maqsadida borgan O‘zbekiston fuqarolari soni 165,7 ming nafarni tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,8 ming kishiga yoki 48,1 foizga ko‘pdir.
O‘zbekistonliklarning katta qismi — 141,6 ming kishi — Saudiya Arabistoniga sayyohlik maqsadida yo‘l olgan.
Shuningdek, 23,5 ming fuqaro yaqinlarini ziyorat qilish uchun borgan, 548 kishi davolanish, 62 kishi xizmat safari va 18 kishi o‘qish maqsadida safar qilgan.