Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
Saudiya Arabistoni 20 000 oʻzbekistonlik ishchini qabul qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni 20 000 oʻzbekistonlik ishchini qabul qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni 20 000 oʻzbekistonlik ishchini qabul qilishga tayyor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov Saudiya Arabistoni Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf bin Solih al-Utaybiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, gumanitar hamda mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlik natijalari va istiqbollari muhokama qilindi.

Saudiya tomoni O‘zbekistondan kamida 20 ming nafar ishchi kuchini jalb etish niyatini bildirdi.

Shuningdek, parvarish xizmati va texnik mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha vazirlik tashabbuslari taqdim etildi.

Tomonlar mehnat va bandlik sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling