Sasol O'zbekiston bilan konchilikni rivojlantirishni muhokama qildi
Sasol O'zbekiston bilan konchilikni rivojlantirishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 18-mart kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikga Sasol kompaniyasining bisnesni qurish, strategiya va texnologiya bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Sarushen Pillay bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ko‘mir sanoati, korxonalar faoliyati va rejalari haqida mehmon tomonga ma’lumot berildi.
Oʻz navbatida Sasol vakili kompaniyaning Janubiy Afrika, Mozambik, AQSh, Germaniya, Italiya, Slovakiya kabi mamlakatlarda loyihalarni amalga oshirayotgani, shuningdek Oʻzbekistonda 2009-yildan buyon Uzbekistan GTL orqali texnologik hamkor, litsenziar va texnik qoʻllab-quvvatlovchi sifatida ishtirok etib kelayotganini aytib oʻtdi.
Tomonlar bir qator masalalarda hamkorlikda ishlash istiqbollarini muhokama qildilar.