Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 11/06/2025 “Sariosiyo” bojxona postida Buxoro amirligi davriga tegishli 267 ta qimmatbaho tarixiy zergarlik buyumlari olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘yilmadi

“Sariosiyo” bojxona postida Buxoro amirligi davriga tegishli 267 ta qimmatbaho tarixiy zergarlik buyumlari olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘yilmadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatida joylashgan “Sariosiyo” bojxona postida bojxona xodimlari tomonidan 267 ta qadimiy zergarlik buyumining noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi maʼlum qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu buyumlarning bir qismi Buxoro amirligi davriga tegishli bo‘lib, qolganlari XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida tayyorlangan.

Mazkur tarixiy buyumlar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilib, ularni saqlash va ilmiy o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling