Sardor Rahmatulloev Y Combinatorning 2026-yilgi qishki dasturida birinchi o'zbek asoschisi bo'ldi
Sardor Rahmatulloev Y Combinatorning 2026-yilgi qishki dasturida birinchi o'zbek asoschisi bo'ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sardor Rahmatulloevni katta yutug‘i bilan tabriklaymiz! U Y Combinator’ning 2026 Winter dasturiga qabul qilingan ilk o‘zbekistonlik asoschi bo‘ldi.
U twolabs.ai loyihasi ustida ishlamoqda. Ushbu loyiha qishloq xo‘jaligi robototexnikasi uchun maxsus datasetlar yaratadigan platforma bo‘lib, sun’iy intellekt yordamida global agrosoha muammolarini hal qilishni maqsad qilgan.
Sardor tajribali tadbirkor sifatida avval AQShda faoliyat yuritib, 6 raqamdan ortiq bo‘lgan daromadga chiqqan startapni barpo etgan. Shuningdek, u Meta kompaniyasining Superintelligence yo‘nalishida ham faoliyat olib borgan.
Bu yutuq nafaqat Sardor uchun muhim bosqich, balki butun O‘zbekiston startap ekotizimi uchun faxrli voqeadir. Bu yurtimizning iqtidorli yoshlari dunyodagi eng nufuzli startap maydonlarida ham e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.