Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi qurilishda halok bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sankt-Peterburg shahrida qurilish obyektida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi.
O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi maʼlum qilishicha, 2025 yil 16 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, 23 yoshli A.U. Amirov, joriy yil aprel oyidan buyon shaharda bo‘lib, metall konstruksiyalar montajchisi sifatida ishlab kelayotgan, Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Oliy sud huzuridagi Sud departamenti uchun mo‘ljallangan, Dobrolyubov prospekti, 14-uy manzilida joylashgan obyektda montaj ishlarini bajarayotganda 15 metr balandlikdan yiqilib tushdi.
Marhumning jasadi morgga yuborildi, tergov organlari tekshiruv ishlarini olib bormoqda, shu jumladan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi vakolatxonasi marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, jasadni Vatanga yuborishda har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda.