Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Samarqanddagi Imom Moturidiy muzeyi konsepsiyasi turk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda

Samarqanddagi Imom Moturidiy muzeyi konsepsiyasi turk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda

Samarqanddagi Imom Moturidiy muzeyi konsepsiyasi turk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda besh yildan bo‘yon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Turkiyaning "Autor Fakture" kompaniyasi vakillari viloyat hokimi Adiz Boboyevga ulug‘ alloma - Imom Moturidiyning hayoti, ilmiy merosiga bag‘ishlangan yangi muzey konsepsiyasini taqdim etdi.

Loyiha muallifi Sinan Turamanning ta’kidlashicha, kelajakdagi muzey zamonaviy multimedia formatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ekspozisiyada interaktiv ekranlar joylashtirilib, tashrif buyuruvchilarga Imom Moturidiy ta’limoti va uning tarixiy ahamiyati haqida yanada chuqur va vizual ma’lumot taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, me’moriy va badiiy bezaklarda milliy naqsh elementlaridan foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

Muhokama jarayonida Adiz Boboyev muzeyning kirish qismi dizayniga alohida e’tibor qaratish muhimligini ta’kidladi. Viloyat hokimi ta’kidlashicha, bu yerda faqat Imom Moturidiyning hayoti va faoliyati emas, balki Chokardiza qabristonida dafn etilgan boshqa ulug‘ olimlar va mutafakkirlar haqida ham ma’lumotlar berilishi lozim. Bu esa muzeyni kompleks tarixiy-ma’rifiy markaz sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

Dastlabki konsepsiya yuzasidan bildirilgan takliflar asosida u yanada takomillashtirilib, respublika darajasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Loyiha tasdiqlanganidan so‘ng, tomonlar amaliy ishlarga kirishishni rejalashtirishmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling