Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Samarqanddagi ACWA Power quyosh elektr stansiyasi "Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi" mukofotiga sazovor bo'ldi

Samarqanddagi ACWA Power quyosh elektr stansiyasi "Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi" mukofotiga sazovor bo'ldi

Samarqanddagi ACWA Power quyosh elektr stansiyasi "Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi" mukofotiga sazovor bo'ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 19-fevral kuni London shahrida “London Stock Exchange Group” tomonidan tashkil etilgan nufuzli “Project Finance International (PFI) Award” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Project Finance International” (PFI) — loyiha moliyalashtirish, infratuzilma va davlat-xususiy sheriklik (DXSh) sohasidagi yetakchi xalqaro nashrlardan biri hisoblanadi.
“ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) tomonidan Samarqand viloyatining Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi, umumiy quvvati 668 MVt bo‘lgan 2 ta elektr energiyasini saqlash tizimi (BESS), loyiha ish faoliyatini ta’minlovchi yirik 500 kV kuchlanishli podstansiya hamda umumiy uzunligi 441 km bo‘lgan 220–500 kV elektr uzatish tarmoqlarini qurish yirik energetika mega-loyihasi “Project Finance International (PFI) Award” doirasida “Central Asia Deal of the Year” nominatsiyasida Markaziy Osiyodagi eng yirik moliyalashtirilishi yakunlangan qayta tiklanuvchi energiya va infratuzilma loyihasi sifatida taqdirlandi.

Mazkur loyiha nafaqat qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish, balki energiya saqlash va magistral tarmoq infratuzilmasini kompleks rivojlantirishni nazarda tutgani bilan ahamiyatlidir.

Ma’lumot uchun, “Green Street” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi, infratuzilma sohasidagi kompleks intellektual platforma hisoblanuvchi “IJGlobal” tomonidan taqdim etiladigan loyihalarni moliyalashtirish va infratuzilma sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan quyidagi loyihalar xalqaro miqyosda e’tirof etilgan:

Surxondaryo viloyati, Angor tumanida Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan quvvati 1560 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi loyihasi;

Buxoro viloyati, Olot tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan barpo etilgan quvvati 250 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 63 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi (BESS) loyihasi.

Ushbu loyihalar xalqaro moliya institutlari ishtirokida moliyalashtirilgan infratuzilma loyihalari sifatida alohida e’tirofga sazovor bo‘lgan. Mazkur xalqaro mukofotlar O‘zbekistonda investitsiya muhitining ochiqligi, shaffofligi va dinamik rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yirik energetika va infratuzilma loyihalarining xalqaro moliya bozori talablariga to‘liq javob beruvchi, ya’ni “bankable” ekanini tasdiqlaydi. Bu esa O‘zbekistonning global investitsiya maydonidagi nufuzi tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling