Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Samarqandda Yevropa Ittifoqi va YUNESKO ko'magida malaka oshirish fakulteti ochildi

Samarqandda Yevropa Ittifoqi va YUNESKO ko'magida malaka oshirish fakulteti ochildi

Samarqandda Yevropa Ittifoqi va YUNESKO ko'magida malaka oshirish fakulteti ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 3-dekabr kuni Samarqand shahrida YUNESKO va Yevropa Ittifoqi koʻmagi bilan modernizatsiya qilingan Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti huzuridagi Samarqand viloyat hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqi, YUNESKO, Kasbiy taʼlim agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Samarqand viloyati hokimligi vakillari loyiha doirasida taʼmirlangan binolar, oʻqituvchilar malakasini oshirish xonalari va zamonaviy jihozlar bilan yaqindan tanishdilar.

 Mazkur fakultet muhandislik yoʻnalishida Samarqand va qoʻshni viloyatlardagi xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va maxsus fan oʻqituvchilarining malakasini oshirishga ixtisoslashgan.

Malaka oshirish kurslari 144 soatga moʻljallangan oʻquv reja va dasturlar asosida tashkil etiladi. Oʻquv jarayoni kasbiy taʼlim sohasidagi davlat siyosati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlikni qoʻllash, zamonaviy kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish hamda tinglovchilar bilimlarini baholash mexanizmlarini oʻz ichiga oladi. Fakultetda shu kunga qadar muhandislik yoʻnalishida ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasi oshirildi.

2025-yili Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi tomonidan fakultet ixtiyoriga berilgan 150 oʻrinli oʻquv ustaxonasi YUNESKO loyihasi va Yevropa Ittifoqi koʻmagi orqali “Oʻquv amaliyot bazasi” sifatida kapital taʼmirlandi va toʻla jihozlandi.

Yangilangan “Oʻquv amaliyot bazasi”  2026-yildan boshlab muhandislik yoʻnalishlaridan tashqari, xizmat koʻrsatish sohasidagi turizm, mehmonxona xizmati, restoran servisi, oshpazlik va sartaroshlik kabi yoʻnalishlar boʻyicha ham malaka oshirish kurslarini tashkil etish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, har yili Samarqand turizm va madaniy meros texnikumining 650 nafardan ortiq oʻquvchi-talabalari oʻquv amaliyotlarini samarali oʻtashlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling