Valyuta kurslari 13/11/2025
$1 – 11972.35
UZS – -0,15%
€1 – 13852.01
UZS – -0,1%
₽1 – 147.52
UZS – -0,02%
Qidirish
Samarqandda tarixiy oltin tangani noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi

Samarqandda tarixiy oltin tangani noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi

Samarqandda tarixiy oltin tangani noqonuniy olib kirishga urinishning oldi olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tarixiy ahamiyatga ega numizmatika ashyosini olib chiqishga urinishni bartaraf qilishdi.

Moskvaga uchib ketayotgan yo'lovchilardan birining bagaji bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, ushbu shaxs bojxona nazoratiga taqdim qilmagan qadimiy tanga borligi aniqlandi.

Chor Rossiyasi davriga mansub ushbu tilla tanga 1899-yilda zarb etilgan.

Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar, shu jumladan numizmatika ashyolarini O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish mumkin emas!

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling