Samarqandda sun’iy intellektning madaniy merosni asrashdagi o‘rni muhokama qilinmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1-noyabr kuni Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida “Muzeylarda sun’iy intellektning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO, Fransiya Madaniyat vazirligi hamda Gyume muzeyi hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur konferensiya yetakchi muzeylar, xalqaro tashkilotlar va texnologik kompaniyalar vakillarini bir maydonga jamlab, sun’iy intellektning madaniy merosni asrashdagi o‘rni hamda madaniyat sohasida texnologiyalarni barqaror qo‘llash yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.