Samarqandda SHAXNOZA - L dorixonasining litsenziyasi bekor qilindi
Samarqandda SHAXNOZA - L dorixonasining litsenziyasi bekor qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi va farminspeksiya Samarqand shahrida joylashgan «SHAXNOZA - L» MCHJ dorixonasining litsenziyasini bekor qildi. Qaror Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida qabul qilingan.
Tekshiruv dorixona litsenziya shartlarini buzganini ko‘rsatdi.
Markaziy laboratoriyalar tahlillari shuni ko‘rsatdiki, dorixonadan xarid qilingan sakkiz turdagi dori vositalari sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lmagan, yana olti preparat esa dori vositalari davlat reyestrida mavjud bo‘lmagan.
Aniqlangan qoidabuzarliklar munosabati bilan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi «SHAXNOZA - L» MCHJni dorixona faoliyati uchun berilgan litsenziyadan mahrum qilish to‘g‘risida Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo kiritgan.
Sud daʼvoni qanoatlantirib, dorixonaga 2023 yil 22 may kuni dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish uchun berilgan №784119-sonli litsenziyani bekor qildi.
Xabar qilinishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq dorixona manzili hamda qonunbuzarlikka aloqador bo‘lgan xodimlar, jumladan provizorlar va farmatsevtlar litsenziya talablarini buzgan shaxslar va yopilgan dorixonalarning yagona reyestriga kiritilgan.