Samarqandda “Sharq taomlari” xalqaro gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Sharq taomlari” xalqaro gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Sharq taomlari” xalqaro gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida 100 nafardan ortiq xorijiy va mahalliy oshpazlarni o‘zida birlashtirgan “Sharq taomlari” xalqaro gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda 2 kun davomida mohir oshpazlar tomonidan dunyo oshxonasining eng sara taomlari tayyorlanib, festival qatnashchilariga taqdim etildi. Shuningdek, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan oshpazlar ishtirokida bir qator xorijiy taom tayyorlash borasida master-klasslar tashkil etildi.

Festival mehmonlari turli milliy va xalqaro taomlarni ta’tib ko‘rish bilan birga, ularning tayyorlanish usullari va o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. 

Festivalning ikkinchi kuni doirasida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida xorijiy yetakchi oshpazlar ishtirokida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada sharq dunyosi milliy taomlarini butun jahon bo‘ylab keng targ‘ib etish va ommalashtirish masalalari muhokama etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling