Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
Samarqandda O‘zbekiston–Iroq biznes muloqoti tashkil etildi

Samarqandda O‘zbekiston–Iroq biznes muloqoti tashkil etildi

Samarqandda O‘zbekiston–Iroq biznes muloqoti tashkil etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashqi bozorlarga chiqish, eksport hajmlarini oshirish va qo‘shni davlatlar bilan sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish bo‘yicha qator muhim topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Iroq tadbirkorlaridan iborat delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida 15 yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston–Iroq investitsiya va biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum O‘zbekiston va Iroqdan 400 nafardan ortiq tadbirkorlar va ishbilarmon doiralar vakillarini bir joyga jamlab, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, savdo-sanoat palatalari hamda tarmoq birlashmalari vakillarining faol ishtirokida o‘tdi.

Mazkur forum ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi muloqot izchil, bosqichma-bosqich va amaliy tus olayotganini yaqqol namoyon etdi.

Tomonlar endilikda faqat aloqalarni o‘rnatish bilan cheklanib qolmasdan, aniq savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Forum doirasida tadbirkorlar o‘rtasida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, B2B aloqalarni rivojlantirish, biznes-missiyalar almashuvi hamda kooperatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Forumning amaliy natijasi sifatida B2B uchrashuvlar o‘tkazilib, ular davomida ikki mamlakat kompaniyalari o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.

Shuningdek, biznes uchrashuvlari yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar hamda shartnomalar imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling