Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
Samarqandda MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-yig‘ilishi boshlandi

Samarqandda MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-yig‘ilishi boshlandi

Samarqandda MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-yig‘ilishi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning 16-17 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi o‘z ishini boshladi. Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etildi.

Anjuman avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning majlis ishtirokchilariga tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi.

Unda taʼkidlanganidek, mazkur Kengashning har yilgi majlislari terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilik va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlik qilish va tajriba almashish uchun mustahkam asos yaratdi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka tahdid solayotgan bir qator omillarga alohida eʼtibor qaratdi. Afg‘onistondagi beqaror vaziyat, xalqaro terrorchi guruhlar faoliyati, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik shular jumlasidan ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bilan birga, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va sunʼiy intellektdan g‘arazli maqsadlarda foydalanishning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Prezident global xavfsizlik masalasiga alohida to‘xtalar ekan, mintaqa atrofi va Yaqin Sharqda yuz berayotgan nizolar barchani chuqur tashvishga solayotgani, ular iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganini taʼkidladi.

Ushbu omillar jahon bozorida nosog‘lom raqobatning kuchayishi, energiya manbalari narxining oshishiga olib kelmoqda. Shuningdek, energetika va transport sohalarida milliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti shunday murakkab sharoitda MDHga aʼzo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, iqtisodiy, energetika va kommunikatsiya tizimlarini barqaror rivojlantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ularning saʼy-harakatlarini birlashtirish muhimligini alohida taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling