Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
Samarqandda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi

Samarqandda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi

Samarqandda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16-17 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi hamda MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu majlislarda Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.

Tadbirlarda, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDHga aʼzo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ham qatnashadi.

Ushbu anjumanlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Hamdo‘stlik makonida xavfsizlikni taʼminlash, shu jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy xalqaro aylanmasiga qarshi kurashish borasida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Yig‘ilishlar davomida zamonaviy tahdidlar va o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng qamrovli masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy va global xavfsizlikni taʼminlash borasida o‘zaro hamkorlikning aniq vazifa va yo‘nalishlarini belgilab olishadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling