Valyuta kurslari 31/03/2026
$1 – 12210.71
UZS – 0,12%
€1 – 14036.21
UZS – -0,09%
₽1 – 150.36
UZS – 0,43%
Qidirish
Samarqandda birinchi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi forumi ochildi

Samarqandda birinchi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi forumi ochildi

Samarqandda birinchi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi forumi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qadimiy va navqiron Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi”  Birinchi parlamentlararo hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil 4-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ilgari surilgan edi.

Xalqaro muloqotda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston parlamentlari vakillari, Yevropa parlamenti aʼzolari, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, akademik doiralar hamda biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida bugungi siyosiy muloqotning holati va uning kelgusi istiqbollari, “yashil” transformatsiya, o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlik, raqamli makon xavfsizligi, inklyuziv boshqaruv hamda parlament diplomatiyasining zamonaviy ahamiyati kabi dolzarb masalalar yuzasidan muhim sessiyalar o‘tkaziladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling