Samarqand viloyatida ruxsatnomalarsiz va malakali kadrlarsiz faoliyat yuritgan noqonuniy “hujra” fosh etildi
Samarqand viloyatida ruxsatnomalarsiz va malakali kadrlarsiz faoliyat yuritgan noqonuniy “hujra” fosh etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro Urgut tumani “Do‘stlik” mahallasidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, “hujra” tashkil qilganligi holati fosh etildi.
Aniqlanishicha, maxsus diniy maʼlumotga ega bo‘lmagan va tegishli ruxsatnoma olmagan mazkur shaxs moddiy manfaatdorlik evaziga, 2011-2016 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 7 nafar o‘g‘il bolalarga noqonuniy diniy saboq berish bilan shug‘ullangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2292-moddasi 2-qismi (diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni diniy o‘quvi yetarli bo‘lmagan shaxslar qo‘liga topshirib, ularning kelajagini shubha ostida qoldirmang. Bunday harakatlar kelgusida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.