Samarqand viloyatida kuchli yomg'ir hech qanday zarar yetkazmadi

Samarqand viloyatida kuchli yomg'ir hech qanday zarar yetkazmadi

Samarqand viloyatida kuchli yomg'ir hech qanday zarar yetkazmadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 23 martga o‘tar kechasi Samarqand viloyatining qator tumanlarida kuchli yomg‘ir yog‘di, natijada ayrim ichki ko‘chalarda suvning vaqtinchalik to‘planishi kuzatildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Jumladan, Urgut tumanining “Bunyodkor” va “Iftixor” mahallalarida, shuningdek viloyatning yana bir nechta aholi punktlarida suv bosish holatlari qayd etildi.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismi maʼlumotiga ko‘ra, fuqarolardan yordam so‘rab murojaatlar kelib tushmagan.

Qayd etilishicha, kuchli yomg‘ir turar joy uylariga zarar yetkazmagan, shuningdek mahalliy aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling