Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
Samarqand viloyatida IDEAL muzlatgichlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi

Samarqand viloyatida IDEAL muzlatgichlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi

Samarqand viloyatida IDEAL muzlatgichlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda Samarqand viloyatida bo'lib turgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Urgut tumanida joylashgan "SAM ELEKTRO SERVIS" korxonasining yangi ishga tushirilgan muzlatgich ishlab chiqarish loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 10 mln AQSH dollarini tashkil etib, korxona zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari bilan jihozlangan. "IDEAL" brendi ostida yiliga 200 ming dona muzlatgich ishlab chiqariladi. Shuningdek, loyiha doirasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Tashrif davomida korxonadagi zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari, mahsulot sifati, texnologik jarayonlar hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi. Shuningdek, mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot turini kengaytirish va eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Korxona faoliyati doirasida yaratilgan ish o‘rinlari, mahalliylashtirish darajasi hamda ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hududiy sanoat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling