Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 17/02/2025 Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasisiz mashina haydagan yigit halokatli YTHga uchradi

Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasisiz mashina haydagan yigit halokatli YTHga uchradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12 fevral kuni Samarqand viloyatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, 17 yoshli o‘smir halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Huquq-tartibot organlari maʼlumotiga ko‘ra, fojia Jomboy tumanida yuz bergan. Nobolig‘ yigit haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqargan, biroq rulga ega chiqa olmay, daraxtga borib urilgan.

Og‘ir jarohatlar olgan yosh yigit shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlarning barcha saʼy-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling