Samarqand viloyatida haydovchi bolalarni avtobusga kiritmadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilarini avtobusga olmaslik bilan bog‘liq holat yuz berdi. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan katta jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.
3 sentyabr kuni Paxtachi tumanidagi qishloqlardan birida bolalar maktabga yo‘l olgan paytda haydovchi ularni salonga kiritishdan bosh tortgan. U buni bolalar «yo‘lkira to‘lamasligi» bilan izohlagan.
Tekshiruvdan so‘ng haydovchi ishdan bo‘shatildi, o‘quvchilar uchun esa byudjet hisobiga bepul avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Hokimiyat bunday holatlarni mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydiganini taʼkidlab, shunga o‘xshash har qanday murojaatlarga tezkor tarzda munosabat bildirishini maʼlum qildi.
Mutasaddilar shuningdek, muammoni o‘z vaqtida aniqlab, hal etishga ko‘maklashgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga minnatdorlik izhor etdilar.