Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
Samarqand va Turkiston viloyatlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik kengaymoqda

Samarqand va Turkiston viloyatlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik kengaymoqda

Samarqand va Turkiston viloyatlari o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqandda Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherov boshchiligidagi tadbirkorlar va turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ikki viloyat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Samarqand va Turkiston viloyatlari tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda turizm, mehmonxona xo‘jaligi hamda hunarmandchilik yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. 

Mazkur uchrashuv ikki qardosh viloyat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling