Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
Samarqand aholi soni bo‘yicha yetakchi, ro‘yxatni Sirdaryo viloyati yakunlaydi

Samarqand aholi soni bo‘yicha yetakchi, ro‘yxatni Sirdaryo viloyati yakunlaydi

Samarqand aholi soni bo‘yicha yetakchi, ro‘yxatni Sirdaryo viloyati yakunlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga mamlakatning doimiy aholisi 38 069 116 nafarni tashkil etdi.

Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida jamlangan — bu yerda 4 360 070 kishi istiqomat qiladi.

Undan keyin Farg‘ona viloyati 4 204 284 nafar aholi bilan, hamda Qashqadaryo viloyati 3 697 658 nafar kishi bilan joy olgan. Andijon viloyatida 3 507 220 kishi, Toshkent shahrida 3 164 030 kishi, Namangan viloyatida 3 177 070 kishi, Toshkent viloyatida esa 3 148 569 kishi yashaydi.

Surxondaryo viloyati aholisi 2 994 070 nafarni, Buxoro viloyati — 2 099 069 nafarni, Xorazm viloyati — 2 059 078 nafarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi esa 2 046 890 nafarni tashkil etadi.

Eng kam aholi Jizzax viloyatida (1 559 883 kishi), Navoiy viloyatida (1 108 595 kishi) va Sirdaryo viloyatida (942 630 kishi) qayd etilgan.

Hududlar bo‘yicha doimiy aholi soni:

Samarqand viloyati — 4 360 070 kishi
Farg‘ona viloyati — 4 204 284 kishi
Qashqadaryo viloyati — 3 697 658 kishi
Andijon viloyati — 3 507 220 kishi
Toshkent shahri — 3 164 030 kishi
Namangan viloyati — 3 177 070 kishi
Toshkent viloyati — 3 148 569 kishi
Surxondaryo viloyati — 2 994 070 kishi
Buxoro viloyati — 2 099 069 kishi
Xorazm viloyati — 2 059 078 kishi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 046 890 kishi
Jizzax viloyati — 1 559 883 kishi
Navoiy viloyati — 1 108 595 kishi
Sirdaryo viloyati — 942 630 kishi

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling