"Samarqand 2028" nomi bilan atalgan Xitoy sun'iy yo‘ldoshi may oyida uchirilishi kutilmoqda
"Samarqand 2028" nomi bilan atalgan Xitoy sun'iy yo‘ldoshi may oyida uchirilishi kutilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda o‘tgan Space Technology Conference 2026 xalqaro anjumanida Xitoyning StarVision kompaniyasi tomondan ishlab chiqilgan "Samarqand 2028" sun'iy yo‘ldoshi joriy yilning may oyida uchirilishi kutilayotgani ma'lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili tomonlar sun'iy yo‘ldosh texnologiyalarini rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy va texnologik integratsiyani kuchaytirish kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolashgan edi.
Mazkur ikki tomonlama aloqalarning amaliy ifodasi esa Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilgan giperspektral sun'iy yo‘ldoshga “Samarqand 2028” nomi berilgani bo‘ldi. Mazkur loyiha o‘zaro hamkorlik doirasidagi eng muhim tashabbuslardan biridir.