Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar o‘zaro ishonch va eng yuqori darajadagi yaqin siyosiy muloqotga asoslangan o‘zbek-qozoq munosabatlarining jadal rivojlanayotganini taʼkidladilar. 2025 yil ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim va samarali bosqich bo‘lgani qayd etildi.

Ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo aloqalarni kengaytirish istiqbollariga, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga, shuningdek madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida turli sohalardagi amaliy hamkorlikni izchil ravishda yana-da mustahkamlashga ishonch bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling