Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
Saida Mirziyoyeva: Qoraqalpog‘istonda 2 milliard dollarlik 27 ta yangi loyiha amalga oshiriladiSaida Mirziyoyeva: Qoraqalpog‘istonda 2 milliard dollarlik 27 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

Saida Mirziyoyeva: Qoraqalpog‘istonda 2 milliard dollarlik 27 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

Saida Mirziyoyeva: Qoraqalpog‘istonda 2 milliard dollarlik 27 ta yangi loyiha amalga oshiriladiSaida Mirziyoyeva: Qoraqalpog‘istonda 2 milliard dollarlik 27 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaqin yillarda Qoraqalpog‘istonda qariyb 2 milliard dollarlik 27 ta yirik loyihani amalga oshirish, 10 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, yangi tashabbuslar sanoat, logistika, qishloq xoʻjaligi va sogʻliqni saqlash kabi muhim tarmoqlarni qamrab oladi. Mirziyoyeva soʻnggi ikki yilda Qoraqalpogʻiston ishonchli tarzda iqtisodiy rivojlangan hududga aylanganini taʼkidladi: 64 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 5 mingdan ortiq kishi ish bilan taʼminlangan.

Nukusga tashrifi chog‘ida u mahalliy hokimliklar va mutaxassislar bilan mintaqada yuzaga kelayotgan muammolarni, jumladan, gaz ta’minoti, yo‘l qurilishi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham muhokama qildi. Uning taʼkidlashicha, masʼul idoralar bilan birgalikda ushbu muammolarni hal etish boʻyicha aniq yechimlar belgilab berilgan.

“Yangi zavodlar, klinikalar, dam olish maskanlari va logistika markazlari — barchasi qoraqalpoq elining hayotini yaxshilashga, iqtisodiy o’sishga xizmat qilishiga ishonaman”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

Prezident Administratsiyasi rahbari Nukus shahridagi “Jekaterek” mahalla fuqarolar yig‘inida ham bo‘lib, bu yerda modernizatsiya qilingan va kengaytirilgan suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi. Bu 71 ta mahallani – qariyb 350 ming aholini, shuningdek, maktablar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy ob’ektlarni toza suv bilan ta’minlaydi. Mirziyoyeva mazkur loyiha respublika byudjeti hisobidan moliyalashtirilgani va oʻzbekistonlik muhandislar tomonidan amalga oshirilganini taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling