Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Saida Mirziyoyeva Papa Lev XIV bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Papa Lev XIV bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Papa Lev XIV bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Papa Lev XIV bilan uchrashdi. Muloqot Shayx Zaydning Inson Birodarligi mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida tomonlar mukofotning madaniyatlararo va dinlararo o'zaro tushunishni kengaytirishga qaratilgan asosiy faoliyatini muhokama qilishdi.

O‘zbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan katoliklar, totuvlik va bag‘rikenglik muhitida yashayotgani ta’kidlandi. Mukofot bu qadriyatlarni xalqaro miqyosda mustahkamlashga intilmoqda.

Shuningdek, Mirziyoyeva butun dunyoda ishonchni mustahkamlash va gumanizm tamoyillarini targ'ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini ta'kidladi, deyiladi bayonotda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling