Saida Mirziyoyeva Oksford universiteti mukofoti bilan taqdirlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ushbu nufuzli mukofot ayollarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha tashabbuslarni himoya qilish hamda faol va namunali yetakchilik orqali ayollarni ruhlantirish, ularning huquq va manfaattlarini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlari uchun taqdim etildi.
14 oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetida O‘zbek tadqiqotlari dasturining rasmiy ochilishida ishtirok etdi.
Oksford — Buyuk Britaniyada «Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari» fakultetining o‘quv dasturiga o‘zbek tili va qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tilini kiritgan birinchi va yagona universitet bo‘ldi.
Dasturning ochilishida so‘zga chiqqan Saida Mirziyoyeva shunday dedi: «Ko‘p o‘n yillar davomida O‘zbekiston yopiq edi. Bugun u har qachongidan ham ochiq, ilm-fan, texnologiyalar, taraqqiyot va eng muhimi, muloqot uchun ochiq. Va bu muloqotni boshlash uchun Oksforddan ko‘ra yaxshiroq joy bo‘lishi mumkinmi, axir bu yerda dunyo g‘oyalari, madaniyatlar va tillar tutashadi, taʼlim alohida shaxslarni, butun millatlarni shakllantiradi».