Saida Mirziyoyeva Londonda baronessa Rotshild bilan muzokaralar o‘tkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva London shahrida baronessa Ariel Malard de Rotshild bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zining Telegram-kanalida u baronessaga uchrashuv va qiziqarli ekskursiya uchun minnatdorchilik izhor etdi hamda O‘zbekistondagi jadal rivojlanish, aniq islohotlar strategiyasi va mustahkam iqtisodiy baza haqida to‘xtalib o‘tdi.
Saida Mirziyoyeva shuningdek, Rothschild & Co kompaniyasining mamlakatdagi islohot jarayonlarida faol ishtirok etayotganini alohida qayd etib, kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, shuning oldidan Londonda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan ham uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.