Saida Mirziyoyeva Jenevada «O‘zbekiston xonasi» yaqin kunlarda ochilishi haqida eʼlon qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosida yaqin kunlarda «O‘zbekiston xonasi*» ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimida nutq so‘zlash sharafiga muyassar bo‘lgan va shu muhim yangilik bilan o‘rtoqlashgan.
Saida Mirziyoyeva taʼkidladiki, juda yaqin kunlarda Jenevadagi BMT binosida «O‘zbekiston xonasi» o‘z eshiklarini ochadi.
«O‘zbekiston uyi» mamlakatimizning jahonga ochiqlik ramziga aylanib, har qanday qiyinchilik va ixtiloflardan qatʼi nazar muloqot va hamkorlikka tayyorligini namoyon etadi.