Sadriddin Xasanov OFKning yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga nomzod bo'ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16-oktyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi.
Unda oʻtgan 2025-yilgi yirik musobaqalar, xususan, U-17 va U-20 Osiyo kubogi 2025 va qit'a miqyosidagi xalqaro turnirlar davomida oʻz mahoratini namoyish etgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar taqdirlanadi.
Quvonarlisi, turli yoʻnalishlardagi nomzodlar orasida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sadriddin Hasanov (“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”) ham bor.
Sadriddin Hasanovga bu yo‘nalishda Aleks Badolato (Avstraliya) va Hamid Yusuf (Saudiya Arabistoni) raqobat qiladi.
Ma'lumot uchun, Sadriddin Hasanov joriy yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan U-17 Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilgan edi.
Gʻoliblar nomi tantanali marosim davomida e’lon qilinadi.