Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 20/03/2025 Rustam Yusupov konchilik va geologiya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Rustam Yusupov konchilik va geologiya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi markaziy apparati, tizimosti korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazir B.Islamov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda Davlat rahbari tomonidan sohaga berilayotgan e’tibor sabab qator yutuqlar qo‘lga kiritilayotgani, katta loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga sohada kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi, xorijiy tajribani o‘rgangan holda ta’limda yangi marralarni zabt etish muhim ahamiyatga ega ekani, inson resurslarini to‘g‘ri boshqarish katta natijalarga erishishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Yusupov Rustam Payzraxmanovich Prezidentning tegishli qaroriga asosan tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga, Kadirxodjayev Azam Alisherovich Hukumatning tegishli qarori bilan Geologiya fanlari universiteti rektori lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling