Rustam Assakalov — Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Rustam Assakalov — Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Rustam Assakalov — Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rustam Assakalov UWW ASIA tomonidan “Yilning eng yaxshi yunon-rum kurashi murabbiyi" deb topildi.

Maxsus mukofot Bishkek shahrida start arafasida turgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati doirasida topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, shu yil fevral oyida Rustam Assakalov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yunon-rum kurashi terma jamoasi Zagreb Open turnirida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Erondan so‘ng ikkinchi o‘rinni band etgandi.

O‘tgan yili 19 yoshli yunon-rum kurashchimiz Aytjan Xalmaxanov esa 24 yillik tarixni yangilab, kattalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan edi.

Uning o‘zi Birlashgan Kurash dunyosi (UWW) tomonidan 2025 yilning "Eng dominant kurashchisi" nominatsiyasida g‘olib deb topilgandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling