“Ruminiya-O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi bilan uchrashuv o‘tkazildi
“Ruminiya-O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-noyabr kuni Istanbul shahrida YеXHT Parlament assambleyasining yillik yig‘ilishi doirasida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov “Ruminiya-O‘zbekiston” parlamentlararo guruhining raisi, YеXHT PA vitse-prezidenti Gabor Hadju bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, qonun ijodkorligi faoliyatida o‘zaro tajriba almashish, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida O‘zbekiston - Ruminiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, o‘zaro savdo hajmlarini ko‘paytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat parlamentlari o‘rtasida aloqalarni yanada mustahkamlash hamda muloqot va uchrashuvlar muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.