Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
Rossiyaning "YUAIZ" OAJ kompaniyasi Chirchiqning investitsiya salohiyatini o'rganib chiqdi

Rossiyaning "YUAIZ" OAJ kompaniyasi Chirchiqning investitsiya salohiyatini o'rganib chiqdi

Rossiyaning "YUAIZ" OAJ kompaniyasi Chirchiqning investitsiya salohiyatini o'rganib chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga Rossiyaning "YUAIZ" AJ kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

Kompaniya elektr tarmoqlari tizimi uchun yuqori kuchlanishli izolyatorlar va liniya armaturalarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad texnoparkning investitsiyaviy salohiyatini o‘rganish va ishlab chiqarishni joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida texnopark mutaxassislari mehmonlarni mavjud infratuzilma va rezidentlar uchun yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirdi.

Bunday tashriflar xorijiy kompaniyalarning texnoparkning investitsiyaviy salohiyatiga qiziqishi ortib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling