Valyuta kurslari 03/10/2025
$1 – 12099.72
UZS – 0,13%
€1 – 14223.22
UZS – 0,18%
₽1 – 148.90
UZS – 1,49%
Qidirish
Rossiyaning “Valenta Pharm” kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyalarni ko‘paytirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning “Valenta Pharm” kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyalarni ko‘paytirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning “Valenta Pharm” kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyalarni ko‘paytirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Rossiya Federatsiyasining yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri - “Valenta Pharm” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kompaniya O‘zbekiston bozorida 30 yildan ortiq mudatta faoliyat yuritib kelmoqda.

Uchrashuvda kompaniyaning mamlakatimizdagi amaldagi faoliyati, istiqboldagi rejalari va yangi tashabbuslari muhokama etildi. Kompaniya vakillari taʼkidlashicha, O‘zbekiston ular uchun investitsiya kiritish va ishlab chiqarish quvvatlarini mahalliylashtirishda strategik ahamiyatga ega hudud hisoblanadi.

Shu bilan birga, mahalliy bozor ehtiyojlarini qondirish bilan birga, qo‘shni davlatlar va boshqa xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksport qilish imkoniyatlari ham mavjudligi qayd etildi.

Agentlik direktori taqdimot o‘tkazib, O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi uchun davlat tomonidan yaratilgan sharoitlar va berilayotgan imtiyozlar yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.

Xususan, investitsiya muhitini yana-da yaxshilash, soliq va bojxona imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalardagi imkoniyatlar hamda mahalliy va xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik istiqbollari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tomonlar farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish, mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda bu orqali nafaqat ichki bozorni, balki xorijiy bozorlarni ham taʼminlash yuzasidan kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling