Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimiz O'zbekistonga olib kelindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi xodimlari ko'magida Rossiyaning Sibir federal okrugi hududida mushkul vaziyatga tushib qolgan to'rt nafar hamyurtimizga amaliy yordam ko'rsatildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Diplomatlar Novosibirskning tegishli idoralari bilan o'tkazgan muzokaralari natijasida vatandoshlarimizning zarur hujjatlar olindi va yosh bolali oilani Vatanga qaytarish uchun sertifikatlar tayyorlandi.
Yurtdoshlarimiz Novosibirsk xalqaro aeroportidan "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi samolyotida O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.