Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 28/06/2025 Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasi O'zbekiston hududlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor

Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasi O'zbekiston hududlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasi gubernatorining birinchi o'rinbosari Sergey Ponomarenko bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'lka gubernatorining birinchi o'rinbosari muloqot avvalida O'zbekiston bilan, xususan, Krasnoyarsk o'lkasi va Surxondaryo viloyati o'rtasidagi hududlararo hamkorlikning bugungi kundagi rivojlanishini yuqori baholadi.

Vitse-gubernator ta'kidlaganidek, Rossiyaning ushbu o'lkasi O'zbekiston bilan uzoq muddatli istiqbolda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sarmoyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor. U, shuningdek, bugungi kunda O'zbekiston dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot bo'lib, bunga xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo'yicha olib borilayotgan maqsadli davlat siyosati ham yordam berayotganini bildirdi. Ayniqsa, O'zbekiston bir qator tashqi iqtisodiy o'rinlarda jahonning ko'plab yirik iqtisodiyotlarini ortda qoldirgani alohida ta'kidlandi.

"O'zbekiston-Krasnoyarsk o'lkasi" logistika tarmog'ini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratildi, bu, birinchi navbatda, yaqin kelajakda O'zbekiston meva-sabzavotlarini import qiluvchi alohida transport-logistika markazini tashkil etishni nazarda tutadi.

O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Krasnoyarsk o'lkasi bozorida mahalliy mahsulotlar o'rnini mustahkamlash masalasiga alohida e'tibor qaratdi.

Xususan, qishloq xo'jaligidan tashqari, O'zbekistonda bolalar ovqatlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, shuningdek, Krasnoyarsk o'lkasining to'qimachilik sanoati uchun mamlakatimizdan import qilinadigan asbob-uskunalar va materiallar hajmini oshirish masalasini ko'rib chiqish taklif etildi.

O'z navbatida, Rossiya tomoni ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida sentyabr oyida Krasnoyarsk shahrida Surxondaryo, Farg'ona va Samarqand viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazish taklifiga rozi bo'ldi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad oziq-ovqat, farmatsevtika, charm sanoati sohalarida shartnomalar imzolash, shuningdek, neft-gaz sanoatida qo'shma korxonalar va turli meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish bo'yicha kompaniyalar tashkil etishdan iborat.

Bosh konsulxona tomonidan ilgari surilgan joriy yilning kuz faslida Krasnoyarsk o'lkasi yirik tadbirkorlarining O'zbekiston hududlariga alohida biznes missiyasini tashkil etish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Muzokaralarda ta'lim sohasidagi hamkorlik asosiy mavzuga aylandi. Tomonlar o'zbekistonlik talabalar sonini Krasnoyarsk o'lkasining yetakchi oliy o'quv yurtlarida byudjet yoki grant asosida o'qitish uchun ko'paytirish masalalari xususida fikr almashdilar.

Muloqot chog'ida, shuningdek, turizm sohasidagi o'zaro hamkorlik jadallashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Krasnoyarsk o'lkasi gubernatori ma'muriyati rahbari o'rinbosari Yuliya Filatova va Turizm agentligi rahbari Yelena Nedbaylo Krasnoyarsk turoperatorlarining O'zbekistonga, ayniqsa, gastronomik, etno va tarixiy turizm kabi yo'nalishlarda sayyohlik oqimini ko'paytirishga qiziqishi ortib borayotganini ta'kidladilar.

Shu munosabat bilan Krasnoyarskning yetakchi turoperatorlari uchun O'zbekistonga info-tur tashkil etishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling