 
                            
                                Rossiyaning ELEMER kompaniyasi Chirchiqda qo'shma ishlab chiqarish korxonasini ochdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Chirchiq" texnoparkida yuqori texnologiyali nazorat-o‘lchov uskunalari va avtomatika ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida "ELEMERT" korxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 1500 dona mahsulotni tashkil etadi.
Kompaniyaning xorijiy hamkori Rossiyaning "ELEMER" korxonasi bo‘lib, u 33 yillik tarixga ega bo‘lgan asbobsozlik va avtomatlashtirish tizimlari sohasida tan olingan yetakchilardan biridir.
"ELEMER" korxonasining mahsulotlari kimyo sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, neft va gaz qazib olish, qayta ishlash va tashish, issiqlik va atom energetikasi, shu jumladan "Rosatom" DK kabi sohalarda faoliyat yurituvchi yirik korxonalarga yetkazib beriladi.
Yangi "ELEMERT" ishlab chiqarish korxonasi, ilmiy-texnik markaz, metrologik laboratoriya, xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari hamda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekistondagi vakolatxonalar tarmog‘ini o‘z ichiga olgan "ELEMER" korxonasining qudratli tuzilmasining bir qismi bo‘ladi.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish mintaqadagi asosiy sanoat tarmoqlarini yuqori sifatli va zamonaviy mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.