Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Rossiyalik tennischi Timofeyeva endi WTA turnirlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva endi O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi. Bu haqda Ayollar tennis assotsiatsiyasining (WTA) rasmiy saytida yangilangan sportchi profilida maʼlum qilingan.
21 yoshli tennischi WTA jahon reytingida 146-o‘rinni egallaydi, uning shu vaqtgacha erishgan eng yuqori natijasi esa 93-o‘rin hisoblanadi.
O‘tgan hafta Timofeyeva Portugaliyada bo‘lib o‘tgan turnirda g‘olib chiqib, professional darajadagi ilk unvonini qo‘lga kiritdi.