Valyuta kurslari 29/01/2026
$1 – 12168.98
UZS – 0,34%
€1 – 14588.17
UZS – 1,17%
₽1 – 159.89
UZS – 0,86%
Qidirish
Rossiyadan O‘zbekistonga qarovsiz qolgan 14 nafar bola qaytarildi

Rossiyadan O‘zbekistonga qarovsiz qolgan 14 nafar bola qaytarildi

Rossiyadan O‘zbekistonga qarovsiz qolgan 14 nafar bola qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 27 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan O‘zbekistonga ota-ona qarovisiz qolgan 14 nafar bola qaytarildi.

Bolalarni qaytarish tashabbusi xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirildi: O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari bo‘yicha vakili Rossiya Federatsiyasi Bola huquqlari bo‘yicha vakili M. Lvova-Belovaga murojaat yo‘llab, bolalar Vatanga qaytarilgunga qadar ularni Rossiyadagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirishni tashkil etishda ko‘mak so‘ragan.

Rossiyalik vakil tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida bolalarga Rossiya Federatsiyasining tegishli hududlarida yashash uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi ishtirokida olib borilgan qo‘shma ishlar natijasida barcha 14 nafar bola Vatanga qaytarildi: to‘rt nafari Moskvadan, olti nafari Tver viloyatidan va to‘rt nafari Moskva viloyatidan.

O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari bo‘yicha vakili tezkor hamkorlik uchun rossiyalik hamkasbiga minnatdorlik bildirdi hamda bolalar huquqlarini himoya qilish manfaatlarida kelgusida ham konstruktiv hamkorlikka tayyor ekanini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling