Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan voyaga yetmagan bolalar Vatanga qaytarildi

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan voyaga yetmagan bolalar Vatanga qaytarildi

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan voyaga yetmagan bolalar Vatanga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasi, Ichki ishlar vazirligi va ikki davlat Ombudsmanlari hamkorligida O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bolalarning 2 nafari Sankt-Peterburgdan, qolgan 4 nafari Moskva shahri va viloyati, Tatariston hamda Kabardin-Balkar Respublikalaridan qaytarilgan.

Tadbirda ishtirok etgan vazirlik va idora xodimlari tomonidan bolalarning shaxsiy maʼlumotlarini aniqlash, vatanga qaytish uchun zaruriy hujjatlarni tayyorlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish yuzasidan ishlar amalga oshirildi.

Elchixona hamkor tashkilotlar bilan hamjihatlikda amalga oshirgan mazkur tadbirlar natijasida, yurtimiz fuqarolari, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarining himoyasi hamda ularni ijtimoiy muhofaza qilish yo‘nalishida muhim amaliy natijalarga erishmoqda.

2026-yil yanvar oyida jami 20 nafar voyaga yetmagan fuqarolar o‘z vataniga qaytarildi va mazkur yo‘nalish bo‘yicha kerakli ishlar davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling